25-yubiley Xalqaro «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2026» ko’rgazmasi

1 - 3 aprel 2026, O`zekspomarkaz / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Newbio Kompaniyasi

Klassik yechimlardan innovatsion yutuqlargacha: “NewBio” ingredientlari UzFood 2026 ko‘rgazmasida taqdim etiladi

Makkajo‘xori donini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali “NewBio” ishlab chiqarish majmuasi UzFood 2026 ko‘rgazmasida keng turdagi mahsulotlarini taqdim etadi. Jumladan: kraxmal, maltodekstrinlar va quruq glyukoza siropi, shuningdek yangi ishlanmalari – INTENSFLOR eruvchan makkajo‘xori prebiyotik tolasi, izomaltooligosaxarid hamda o‘simlik asosidagi quruq qaymoq o‘rnini bosuvchi mahsulot.

Korxona Rossiya va MDH mamlakatlarida birinchi va yagona ishlab chiqaruvchi bo‘lib, INTENSFLOR eruvchan makkajo‘xori tolasi va izomaltooligosaxarid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu mahsulotlar E-indekslarsiz va GMOsiz bo‘lib, keng qo‘llanish sohasiga ega. Ular funktsional va maxsus oziqlanish mahsulotlari uchun oziq-ovqat qo‘shimchalari va ingredientlar sifatida ishlatiladi. Mazkur ingredientlar qandolat va sut sanoatida, sport oziqlanishida, muzqaymoq hamda ichimliklar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ular hajm beruvchi shirinlashtiruvchilar, to‘ldiruvchilar, strukturani shakllantiruvchi moddalar, quyuqlashtiruvchilar, kristallanishga qarshi vositalar va namlikni saqlovchi komponentlar funksiyasini bajaradi.

Bundan tashqari, “Oziqlanish va biotexnologiya federal ilmiy markazi” tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar INTENSFLOR eruvchan makkajo‘xori tolasining inson organizmiga foydali ta’sirini tasdiqladi:

glyukoza va past zichlikdagi lipoproteid xolesterin darajasining kamayishi;
tana vaznining kamayishi;
bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar sonining ko‘payishi;
shartli patogen mikrobiota vakillarining kamayishi.

Kompaniyaning yana bir yangiligi – o‘simlik asosidagi quruq qaymoq o‘rnini bosuvchi mahsulot. Ushbu laktozasiz ingredient qahva va kakao ichimliklari, qandolat mahsulotlari (shokolad plitalari va glazurlar, pralin va ko‘pirtirilgan konfetlar, karamel uchun ichliklar, shirin pechenyelar, krakerlar, vafli uchun ichliklar, pryaniklar) hamda non va pishiriq mahsulotlari (batonlar, qatlamli pishiriqlar) tayyorlash uchun mos keladi. Shuningdek, u go‘sht va sut mahsulotlari, muzqaymoq hamda tez tayyorlanadigan mahsulotlar (bo‘tqa, sho‘rva, pyure) ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi.

Kompaniya va mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot: https://newbio.ru/

Axborot ko`magi