25-yubiley Xalqaro «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2026» ko’rgazmasi

1 - 3 aprel 2026, O`zekspomarkaz / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Sardor Snack kompaniyasi endi O`zbekistonda!

Sardor Snack — Markaziy Osiyo bozorida ko‘p yillik tajribaga ega snack ishlab chiqaruvchi

15 yildan ortiq vaqt davomida kompaniya iste’molchilarga yuqori sifatli snack va qandolat mahsulotlarini taklif etib kelmoqda hamda mustahkam ishlab chiqarish bazasi va keng assortimentni shakllantirgan.

2025-yilda kompaniya O‘zbekistonda yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yib, Toshkent shahrida qovurilgan kungaboqar urug‘lari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonani ishga tushirdi. Ishlab chiqarish liniyasi innovatsion sanoat uskunalari va zamonaviy avtomatlashtirilgan yechimlar bilan jihozlangan bo‘lib, xom ashyoni qayta ishlashdan tortib tayyor mahsulotni qadoqlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda barqaror sifatni ta’minlaydi.

Kompaniya mintaqaviy bozorlarda o‘z ishtirokini faol kengaytirib, Markaziy Osiyodagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Hududdagi ishlab chiqarish quvvatlari mahsulotlarni savdo nuqtalariga har doim yangi va maqbul narxlarda yetkazib berish imkonini beradi, shuningdek, distribyutorlik tizimini samarali rivojlantirish va hamkorlar uchun jozibador shartlarni taklif qilishga yordam beradi.

Kompaniya portfelida 100 dan ortiq mahsulot turlari mavjud:
• Qovurilgan kungaboqar urug‘lari
• Qurut
• Grenkalar, bagetlar, suxariklar va chipslar
• Saqich va konfetlar
• Makkajo‘xori tayoqchalari va halqalari
• Halva va kekslar

Asosiy brendlar:
• Sardor Premium
• Simba
• KOK
• Havas
• Chaps

Xalqaro UzFood 2026 ko‘rgazmasida Sardor Snack o‘z mahsulotlarining to‘liq assortimentini namoyish etadi. Barcha tashrif buyuruvchilar mahsulotlarni tatib ko‘rishlari va kompaniyadan sovg‘alar olishlari mumkin.

Axborot ko`magi