Yangiliklar
Tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uskunalarini import qilish uchun sertifikat olish osonlashadi.
O‘zbekiston, Toshkent – AN Podrobno.uz. Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yil oxirigacha tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uskunalarini import qilish uchun sertifikatlar berishni tezlashtirish maqsadida sinov laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.Ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, saralash va qayta ishlash uchun asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni olib kirishda sertifikat olish uchun uch oy vaqt ketadi. Bunday uzoq muddat hududlarda zarur tahlillarni o‘tkazish uchun laboratoriyalar mavjud emasligi bilan izohlanadi. Ularni olib borish uchun tadbirkorlar poytaxtga borishga majbur.
Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Namangan, Samarqand va Xorazmda sinov laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida elektron hisobvaraq-fakturalar va yo‘l varaqlarini rasmiylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar ularni 49 ta ma'lumotni o'z ichiga olgan ikkita alohida hujjat shaklida rasmiylashtirishlari kerak edi.
Ushbu amaliyot bekor qilinadi va hujjatlarni to'ldirish uchun faqat 4 ta ma'lumotni kiritish kifoya qiladi.