26-Xalqaro «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2027» ko’rgazmasi

13 - 15 aprel 2027, O`zekspomarkaz / Toshkent, O`zbekiston

Ko`rgazma haqida

UzFood oziq-ovqat sanoati va oziq-ovqat mahsulotlari sohasidagi asosiy tadbir hisoblanadi. Har yili ko'rgazmada oziq-ovqat sohasining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va distributorlari ishtirok etib, O'zbekiston va jahon oziq-ovqat bozorlarini namoyish etadi.

Ko'rgazmaga har yili yetakchi kompaniyalarning rahbarlari, importchilar va distributorlar tashrif buyuradi. Ularga mahsulotlar va uskunalarning keng assortimenti bilan tanishish hamda sheriklar topish imkoniyati beriladi.

UzFood ko'rgazmasi — bu yirik tarmoq biznes-maydoni bo'lib, unda uch kun ichida biznesingizning vazifalarini maksimal samarali hal qilishingiz mumkin.

2026-yilda ko'rgazmada 40 xorijiy mamlakat va O'zbekiston mintaqalaridan 15 000 ta tashrif qayd etildi, shulardan 11 107 tasi professional tashrif buyuruvchilar edi.

Har yili UzFood doirasida boy ishbilarmonlik dasturi o'tkaziladi: ishtirokchilarning forumlar, seminarlar va master-klasslari, shuningdek Tarmoqlar xarid markazi.

Hisobot videosini ko'rish

Ishtirok etish bo'yicha murojaat uchun biz bilan bog'laning: +998 71 205 18 18 yoki uzfood@iteca.uz, loyiha direktori — Anna Perelygina