Press-relizlar
UzFood 2025: Oziq-ovqat sanoatining to`liq tsikli – xom ashyodan qadoqlashgacha

"Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2025"
24-Xalqaro ko'rgazmasi 8-10-aprel kunlari "O'zekspomarkaz" MKKning barcha ko'rgazma maydonlarida (1-, 2-, 3-, 4-pavilyonlar, Atrium 1 va 2 zallari) o'z ekspozitsiyasini namoyish etadi.
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Jiddiy salohiyat va katta tajribaga ega bo'lgan O'zbekiston oziq-ovqat sanoati milliy iqtisodiyotda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qiladi va qo'llab-quvvatlaydi, doimiy ravishda yangi ish o'rinlari yaratmoqda.
Deyarli chorak asr davomida UzFood O'zbekistonda oziq-ovqat sanoatining yetakchi va nufuzli ko'rgazma tadbirlaridan biri bo'lib kelmoqda. Ko'rgazmada B2B va B2G uchrashuvlari o'tkaziladi, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki uskunalar, ingrediyentlar, tayyor qadoq, uni ishlab chiqarish texnologiyalari va ko'plab boshqa mahsulotlar namoyish etiladi. Ko'rgazmada namoyish etilgan deyarli barcha uskunalar va texnologiyalar keyinchalik mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda.
Yaqinda O'zbekistonda qabul qilingan "Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida"gi qonun aholining asosiy ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini asosan mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga ustuvor ahamiyat beradi. UzFood ko'rgazmasi jahonning yetakchi brendlari mahsulotlarini namoyish etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga korxonalarni zamonaviylashtirish, mahsulot sifatini oshirish va uning hajmlarini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Xususan, innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish ham ichki iste'mol uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirishni, ham eksport hajmlarini va umuman sanoat salohiyatini oshirishni ta'minlaydi. So'nggi yillarda barra sabzavot va mevalar, shuningdek quritilgan mevalar yetkazib berish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tovarlari ulushi ortib bormoqda.
UzFood 2025 yana bir bor eksponentlar soni va ularning geografiyasi bo'yicha rekord namoyish etmoqda – joriy yilda bu 30 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya: AQSh, Avstriya, Belarus Respublikasi, BAA, Bolgariya, Eron, Frantsiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Italiya, Kambodja, Koreya Respublikasi, Latviya, Malayziya, Misr, Niderlandlar, Ozarbayjon, Polsha, Qozog'iston, Rossiya, Tailand, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy, O'zbekiston, Shvetsiya, Shri-Lanka, Chexiya. Xorijiy biznesning O'zbekiston bozoriga qiziqishining dalili sifatida bu yil xorijiy kompaniyalarning ulushi ishtirokchilarning umumiy soni 93 foiziga yetganini keltirsa bo'ladi.
Ko'rgazma ekspozitsiyasi paviylonlar bo'yicha mavzuga ko'ra bo'linadi:
Oziq-ovqat uskunalaring keng assortimenti 2-pavilyonda namoyish etiladi. Bu oziq-ovqat sanoati uchun zamonaviy uskunalar, shu jumladan mahsulotlarni qayta ishlash, shishaga quyish, qadoqlash, sovutish va saqlash yechimlarini o'z ichiga oladi. Sut, qandolatchilik, go'shtni qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, injiniring ishlanmalari va sanoat markalash tizimlari namoyish etiladi. Xuddi shu pavilyonda Non pishirish uskunalari va texnologiyalarining ixtisoslashgan bo'limi – Bakery Uzbekistan taqdim etiladi, u non mahsulotlarini pishirish, qayta ishlash va qadoqlash uchun zamonaviy yechimlarni taklif etadi.
Xilma-xil tayyor mahsulotlar va ingredientlarni 3-, 4-pavilyon va Atrium 2-zalida ko'rish va baholash mumkin bo'ladi: qandolatchilik, go'sht, baliq, sut, non va makaron mahsulotlari, sneklar, ichimliklar, bolalar va sog'lom ovqatlar, konserva va muzlatilgan mahsulotlar, don mahsulotlari, oziq-ovqat ekstraktlari va qandolatchilik va go'sht sanoati uchun komponentlar.
1-pavilyon "Qadoqlash. Uskunalar va materiallar – O'ZuPACK 2025" ixtisoslashtirilgan bo'limining ekspozitsiyasi uchun mo’ljaalangan.
Bu yil O'ZuPACK 2025 o'zining 25 yillik yubileyini nishonlamoqda va qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha keng ko'lamli yechimlarni taqdim etadi. Ekspozitsiyada: qadoqlash uskunalari, shu jumladan moslashuvchan qadoqlash uskunalari, termo-qisqarish uskunalari, markalash va fleksografik bosib chiqarish, shishaga quyish va suyuq mahsulotlarni qadoqlash liniyalari, qadoq ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalari, konveyer tizimlari, qadoqlash mashinalari (qadoqlash, aseptik qurilmalar) va ko'plab boshqa mahsulotlar.
Atrium 1 zalida har xil turdagi mahsulotlar uchun tayyor qadoq, ya'ni plastik, qog'oz va polimerdan qadoqlar, shu jumladan qayta ishlangan va aseptik materiallar, suyuq va qattiq mahsulotlar uchun yechimlar, HoReCa, shuningdek taxlash va qadoqlash uskunalari va sishaga quyish tizimlari namoyish etiladi.
Ishtirokchilar soni bo'yicha top 5 xorijiy mamlakat: Xitoy (185 ta kompaniya), Rossiya (36 ta kompaniya), Germaniya (29 ta kompaniya), Turkiya (18 ta kompaniya), Koreya Respublikasi (17 ta kompaniya).
Ko'rgazmada Belarus Respublikasi va Germaniya milliy pavilyonlari, shuningdek, Koreya Respublikasi, Rossiya va Shri-Lanka kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki taqdim etiladi.
An'anaga ko'ra, Belarus Respublikasi milliy pavilyoni tarkibidagi kompaniyalar eng turli xil mahsulotlar namunalarini taqdim etadilar: go'sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, sut mahsulotlari, shu jumladan pishloqlar va yog' mahsulotlari.
Germaniya milliy pavilyonining stendlarida oziq-ovqat sanoati va qadoqlash uchun keng ko'lamli uskunalar va texnologiyalar bilan tanishib chiqish mumkin. Ekspozitsiyada oziq-ovqat mahsulotlarini rentgen nazorati va issiqlik bilan ishlov berish yechimlari, ichimliklar ishlab chiqarish uchun ajratish texnologiyalari, moslashuvchan qadoqlash, bosib chiqarish, bo'rttirma bosib chiqarish va fleksografiya uskunalari namoyish etiladi. Shuningdek, qadoqlash yechimlari, PET liniyalari, ekstruzion-puflash moslamalari, maydalash va granulyatsiya tizimlari namoyish etiladi. Go'shtni qayta ishlash, non pishirish va qandolatchilik uchun asbob-uskunalarga alohida e'tibor qaratildi.
Turkiyalik ishtirokchilar sut mahsulotlari, pishloqlar, souslar, ichimliklar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalari va qadoqlash sanoatidagi yangiliklarni namoyish etadilar.
Hindistonlik ishlab chiqaruvchilar poligrafik, qadoqlash, qayta ishlash sanoati uchun uskunalar, qandolatchilik va non yopish uskunalari va halol standartida ishlab chiqarilgan muzlatilgan go'shtni taqdim etadilar.
Koreya Respublikasi kompaniyalaridan boy assortiment kutilmoqda – sog'lom ovqatlanish sohasidagi yangiliklar, sneklar, aloedan tayyorlangan ichimliklar, Koreya milliy oziq-ovqat mahsulotlari - tokpokki, rapokki, kimchi va boshqalar, shuningdek ingredientlar va oziq-ovqat qo'shimchalari.
Xitoydan tashrif buyurgan top ishtirokchilar - HuNan Tea group va YiChang Tea – mehmonlarni noyob choy navlari va lazzatlari bilan hayratda qoldirishga tayyorlanmoqda, Beijing Meidan kompaniyasi esa, umumiy ekspozitsiyani Xitoy uslubidagi qandolat mahsulotlari bilan to'ldiradi.
Rossiya Federatsiyasi Moskva, Chelyabinsk oblastlari va Tatariston Respublikasining jamoaviy stendlari oziq-ovqat, ichimliklar, ziravorlar, makaron va non mahsulotlari, go'sht va sut mahsulotlari va ko'plab boshqa mahsulotlarni namoyish etadi.
Shri-Lankadaning jamoaviy stendida turli xil choy turlari kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi.
UzFood'da ishtirok etish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun o'z mahsulotlarini potentsial xorijiy kontragentlar va hamkorlarga taqdim etish va boshqa mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun noyob imkoniyatdir. Bir qator mahalliy kompaniyalarning ko'rgazma ishida ko'p yillik ishtiroki va debyutantlar sonining doimiy o'sishi buning tasdig'I hisoblanadi. Ya'ni, ishtirok etishning ta'siri – mijozlar va bozorlar sonini kengaytirishdan iboratdir. Bu yil O'zbekiston kompaniyalari tashrifchilarga oziq-ovqat va qadoqlash uskunalari, ingredientlar, go'sht, sut, qandolat mahsulotlari va muzlatilgan mahsulotlar, shuningdek qadoqlash yechimlari va tez ovqatlanish mahsulotlarini taqdim etadi.
O'ZuPACK sektoridagi ko'rgazmaning debyutantlari orasida: KASHTAN (Belarus) - plastik va polimer qadoqlash, CAUCASPACK (Gruziya) - qayta ishlangan plastik qadoq, GREEN PACK (Qozog'iston) - qog'oz paketlar, BST ELTROMAT (Hindiston) - poligrafik, qadoqlash, qayta ishlash sanoati uchun uskunalar, UCIMA (Italiya) - Italiya ishlab chiqaruvchilari uyushmasi qadoqlash va taxlash uchun avtomatik mashinalar, "Konstanta" AJ (Rossiya) - slayser pichoqlar, kolbasa halqasi, avtomatik klipsatorlar, Oziq-ovqat uskunalari sektorida: OMNIPOL (Chexiya) - pivo ishlab chiqarish, likyor-aroq va sut zavodlari, ABDIN INDUSTRIAL (Iordaniya) - sovutish uskunalari, DIPRAN (Italiya) - shishaga quyish va qayta ishlash moslamalari, RODALS (Qozog'iston) - qandolat va pishirish uskunalari, FAVORIT TEXNO (Qozog‘iston) - Italiya qandolatchilik uskunalarining yangi namunasi, ERKUL MAKINA (Turkiya) - pishloq ishlab chiqarish uskunalari, ECOLEAN (Shvetsiya) – shishaga quyish liniyalari, Oziq-ovqat va ingrediyentlar sektorida: SMART UNITED (Latviya) - baliq va dengiz mahsulotlari, PROMFOOD (Rossiya) - oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun aralashmalar va qo'shimchalar, MIT SYSTEM COMPANY (Rossiya) - go'sht qayta ishlash va baliq qayta ishlash uchun oziq-ovqat qo'shimchalari, J'NS ANDAMAN (Tailand) - oziq-ovqat mahsulotlari, BALMUZDAK (Qozog'iston) - muzqaymoq, NESIL COFFEE (Turkmaniston) - qahva va boshqalar.
E’tiboringizga doimiy ishtirokchilarni qaratamiz: TOKK QADOQLASH BUYUMLARI ZAVODI, MULTIVAC, ALPES INDUSTRIES, SEYHAN AMBALAJ, ВИНИКС, NIKOS HRANENGINEERING, TAURUS FENIX, KROMEL MAKINA, "BELGOSPISHEPROM" BELARUS DAVLAT OZIQ-OVQAT SANOATI KONTSERNI, AROMA CLASSIC, HUNAN MINGLUN TEA, ERMAK va boshqa ko'plab kompaniyalar.
Ko'rgazmaning an'anaviy diqqatga sazovor tadbiri - oziq-ovqat yetkazib beruvchilari va ulgurji xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib boriladigan O'zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan "Retail Centre" maydonidir. Ko'p yillik amaliyot uni o'tkazish samaradorligini va riteylerlar va marketpleyslarning qiziqishi ortib borayotganini ko'rsatmoqda. Ishlab chiqaruvchilar va riteylerlar (marketpleyslar) o'rtasida mingdan ortiq uchrashuvlar kutilmoqda.
Sana: 2025-yil 9-aprel, o'tkazilish joyi: "O'zekspomarkaz" MKK, Atrium 2 zali.
UzFood 2025 biznes dasturi O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi biznes-iqtisodiy va savdo hamkorligi bo'yicha soha mutaxassislarining konsultatsiyalari, eksport va import shartlari bo'yicha Germaniya va Rossiyalik ishtirokchilarning taqdimotlari, shuningdek, O'zbekiston savdo tarmoqlarining o'ziga xos xususiyatlarini muhokama qilishni o'z ichiga oladi.
Tadbir oziq-ovqat va qadoqlash uskunalari va xom ashyolari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, oziq-ovqat loyihalarini rivojlantirishga qiziqqan investorlar, riteylerlar, distribyutorlar, ulgurji kompaniyalar, qayta ishlash sanoati, saqlash va muzlatish jarayonlari mutaxassislari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari uchun muhim ahamiyatga ega.
Rasmiy ko'mak ko'rsatmoqda:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo' jaligi vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK

Ҳамкор:

Расмий транспорт- логистика ҳамкори

Техник ҳамкор:

Интернет-ҳамкор:

Bosh axborot hamkori
.png)
.png)
Axborot ko’magi

Tel: + (998 71) 205 18 18, + (998 94) 800 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz