25-yubiley Xalqaro «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2026» ko’rgazmasi

1 - 3 aprel 2026, O`zekspomarkaz / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

American Air Products kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga 10 milliard dollar sarmoya kiritadi

“O‘zbekiston” va “Air Products” o‘rtasida Amerika kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda qiymati 10 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz” muxbiri.

Hujjatlar Shavkat Mirziyoyev va Air Products kompaniyasi boshqaruvi raisi, prezident va bosh ijrochi direktori Seyfi G‘asemi o‘rtasidagi uchrashuvda imzolandi. Uchrashuvda AQSh Davlat kotibining energetika bo'yicha o'rinbosari Jefri Pyatt ham ishtirok etdi.

Ayni paytda “Air Products” kompaniyasi O‘zbekistonda “Uzbekistan GTL” korxonasida sanoat gazlarini qayta ishlash, sintez gazi, kislorod va azot ishlab chiqarish, “Navoiyazot” bazasida suyultirilgan karbonat angidrid gazini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. So‘nggi ikki yilda mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun kompaniyaning 1 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari jalb etildi.

Podrobno.uz