Yangiliklar
O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni halol belgisi bilan belgilashga ruxsat beriladi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-maydan boshlab Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulot va xizmatlarga “Halol” belgisi qo‘yilishi mumkin.Hukumat qarori bilan mahsulot va xizmatlarni halol talablariga muvofiq sertifikatlash tartibi hamda ularni davriy baholash qoidalari tasdiqlandi.
Qaror bilan O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning quyidagi takliflari ma’qullandi:
mahsulot va xizmatlarning halol talablariga muvofiqligini sertifikatlash organlarini tashkil etish;
sertifikatlashtirish talablarini belgilashda SMIIC tomonidan qabul qilingan va xalqaro miqyosda tan olingan standartlarga ustuvor maqom berish;
2025-yil 1-maydan boshlab mahsulot va xizmatlarni SMIIC standartlari talablaridan kelib chiqqan holda “Halol” belgisi bilan belgilashga ruxsat.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda olti oy muddatda sertifikatlashtirish organini xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
Shuningdek, “Halol” belgisining shakli va o‘lchamlarini belgilovchi standart loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Manba