Yangiliklar
Toshkentda “UzFood 2025“ Xalqaro ko‘rgazmasi start oldi
Bugun “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2025” 24-xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.“Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu namoyishda 30 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya tomonidan oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati, qadoqlash va saqlash uchun eng yangi uskunalar va texnologiyalar, oziq-ovqat va ichimliklarning keng assortimenti taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilishiga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ham tashrif buyurib, pavilonlarni ko‘zdan kechirdi.
Ushbu ko‘rgazmani o‘tkazishdan asosiy maqsad yurtimizda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosini ta’minlashdir. Ya’ni, bu aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq.
Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”da 10-aprel kuniga qadar davom etadi.
Manba: