25-yubiley Xalqaro «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2026» ko’rgazmasi

1 - 3 aprel 2026, O`zekspomarkaz / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

UzFood 2026 ko`rgazmasi o`zining 25 yilligini nishonlamoqda

25-yubiley "Oziq-ovqat, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2026" xalqaro ko'rgazmasi 2026-yil 1-3-aprel kunlari "O'zekspomarkaz" MKKning barcha pavilyonlarida o’z ekspozitsiyasini namoyish etadi.

Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etilmoqda.

Tashkil etilganidan beri UzFood ko'rgazmasi yangi mahsulotlar va innovatsiyalarni namoyish etish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va oziq-ovqat sanoati mutaxassislari o'rtasida mazmunli muloqotni amalga oshirish uchun o'zini samarali biznes platformasi sifatida ko'rsatib, 25 yillik yubileyiga kelib sohaning O'zbekistondagi flagman ko'rgazma tadbiriga aylandi.

Har yili ko'rgazmada professionallar uchun barcha turdagi mahsulotlar - ingredientlar va uskunalardan tortib tayyor mahsulotlargacha namoyish etiladi.

Yaqinlashib kelayotgan yubiley ko'rgazma miqyosi va ishtirokchilar geografiyasi bo'yicha barcha rekordlarni yangiladi: 30 mamlakatdan 500 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko’rgazma Germaniya, Belarus Respublikasi, Rossiya, Koreya Respublikasi va Polshaning yetakchi milliy va jamoaviy ekspozitsiyalarini birlashtiradi. Tadbirda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Italiya va Malayziya kabi mamlakatlar kompaniyalari keng maromda ishtirok etadi.

Ko'rgazmaning asosiy bo'limlari: Go'sht va parranda go'shti; Sut mahsulotlari; Qandolat mahsulotlari; Baqqollik; Ichimliklar; Oziq-ovqat ingredientlari; Oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar.

"Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O`ZuPACK 2026" ixtisoslashtirilgan bo'limi stendlarida qadoqlash, taqsimlash va quyish uskunalarini, shuningdek, tayyor qadoq, tara, yorliqlar va bir martalik idishlarni ko'rishlari mumkin.

Ixtisoslashgan "Bakery Uzbekistan" bo'limi – qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqarish haqida barcha ma’lumotlar va eksponatlar.

Ko'rgazmaning eng talabgir elementlaridan biri an'anaviy "Riteyl markazi" - oziq-ovqat yetkazib beruvchilari va xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib boriladigan noyob maydondir. 2019-yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan ushbu maydon yangi mavsumda Tarmoqlar Xaridlari Markaziga aylantiriladi. Ishtirokchilar geografiyasining kengayishi va riteylerlar sonining ikki baravar ko'payishi to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Rossiya chakana savdo tarmoqlarining debyut ishtiroki tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish va eksport-import aylanmasini oshirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Tarmoqlar Xaridlari Markazi doirasida oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari va chakana savdo tarmoqlari vakillari o'rtasida mahsulotlarni peshtaxtalarga yetkazib berish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri B2B muzokaralari o'tkaziladi.

Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun https://bit.ly/UzFoodExpoRu havolasi orqali onlayn ro'yxatdan o'tish lozim.

Organizatorlar – Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:
Tel: + (998 71) 205 14 14
Email: uzfood@iteca.uz
Ko’rgazma sayti: www.uzfoodexpo.uz
Axborot ko`magi