Yangiliklar
Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha - barchasi UzFood 2025 ko`rgazmasida.
"Oziq-ovqat mahsulotlari, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2025" 24-Xalqaro ko'rgazmasi 2025-yil 8-10-aprel kunlari Toshkentdagi "O'zekspomarkaz" MKKning barcha pavilyonlarida bo'lib o'tadi.Oziq-ovqat sanoati O'zbekiston iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining taxminan 15 foizini tashkil etadi. So'nggi yillarda ishlab chiqarish, qayta ishlash, korxonalarni modernizatsiya etish va eksport qilish faol rivojlanmoqda, shu bilan birga aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
UzFood ko'rgazmasi haqli ravishda O'zbekistonda oziq-ovqat sanoatining barcha turlarini — tayyor mahsulotlardan tortib ilg'or texnologiyalar va uskunalarga qadar qamrab olgan asosiy soha tadbiri hisoblanadi. Aynan shu yerda asbob-uskunalar va texnologiyalarning eng yangi namunalari namoyishi, xorijiy ishtirokchilar uchun esa O'zbekistonning tez o'sib borayotgan va sig'imli bozori bilan tanishuv ro'y bermoqda.
25 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar UzFood 2025 ko'rgazmasida o'z ishtirokini tasdiqladilar. Germaniya milliy pavilyonining ishtiroki tasdiqlandi, Rossiya, Belarus Respublikasi kompaniyalarining jamoaviy stendlari, Xitoy va Hindiston kompaniyalarining esa keng ishtiroki taqdim etiladi.
Ko'rgazmada quyidagi asosiy bo'limlar namoyish etiladi: Go'sht va parranda go'shti; Sut mahsulotlari; Qandolat mahsulotlari; Baqqollik mahsulotlari; Ichimliklar; Oziq-ovqat ingredientlari; Oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar.
"Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O'zuPACK 2025" ixtisoslashgan bo'limi qadoqlash, saralash va quyish uskunalarini, shuningdek tayyor qadoq, tara, yorliqlar va bir martalik idishlarni taqdim etadi.
Bakery Uzbekistan ixtisoslashtirilgan bo'limi qandolatchilik va non mahsulotlari ishlab chiqarishning butun siklini ko'rsatadi.
Ko'rgazmaning muhim bo'g'ini uning biznes dasturi - O'zbekistonda analogi bo'lmagan noyob ixtisoslashtirilgan "Retail Center" maydonidir. Uning doirasida an'anaviy ravishda oziq-ovqat yetkazib beruvchilar va xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib boriladi.
Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun https://bit.ly/UF_uz_reg saytida onlayn ro'yxatdan o'tish lozim.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tadbiriga qo'shiling va yangi biznes imkoniyatlarini kashf eting!
Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 14 14
Email: uzfood@iteca.uz
Ko'rgazma sayti: www.uzfoodexpo.uz