25-yubiley Xalqaro «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2026» ko’rgazmasi

1 - 3 aprel 2026, O`zekspomarkaz / Toshkent, O`zbekiston

Jurnalistlar akkreditatsiyasi

Ommaviy axborot vositalari vakillarini tadbirlarimizda kutib olishdan mamnunmiz!
Akkreditatsiya jurnalistlar, bloggerlar va ommaviy axborot vositalari mutaxassislariga tadbirlar, matbuot hududlarii, intervyu olish imkoniyatlari va tashkilotchilardan so'nggi ma'lumotlarga tezkor kirishda yordam beradigan qulay vositadir. Shuningdek, bu voqealarni yoritish barcha tomonlar uchun imkon qadar samarali va foydali bo'lishi uchun hamkorlik tamoyillari asosida ishimizni muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Diqqat: Jurnalistlarni akkreditatsiyadan o'tishi shartly ekanligiga e'tiboringizni qaratamiz.

Akkreditatsiyadan o'tish uchun quyidagi shaklni to'ldirish orqali arizangizni Iteca Exhibitions PR menejeriga yuboring.

Akkreditatsiyaning muhim jihatlari
  • Tadbir (ko'rgazma, konferensiya, biznes dasturi) materiallaringizda (nashrlar, syujetlar va h.k.) tadbir nomi va tashkilotchisi – Iteca Exhibitions ko'rsatilgan holda yoritilishi sharti bilan OAV vakillariga akkreditatsiya beriladi. Bu tadbirlarni ilgari surishda ko'mak qiladi va hamkorligimizni mustahkamlaydi.
  • Iltimos, ovoza etilgan materiallarning nusxalarini yoki ularning ovoza etilgan sanasi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etihingizni so'raymiz - bu bizga auditoriyaning kengligini kuzatish va kelgusi tadbirlarni yaxshilash imkonini beradi.
  • Tadbir yoritilmagan taqdirda, biz hamma uchun adolatni ta'minlash uchun keyingi arizalarni ko'rib chiqishda buni hisobga olishimiz mumkin.
  • Akkreditatsiya faqat jurnalistlar uchun mo'ljallangan va reklama agentlari yoki marketing bo'limi xodimlariga taalluqli emas.

Akkreditatsiya berilmaydi kompaniyalarning marketing va PR bo'limlari vakillariga (ko'rgazma ishtirokchilari bundan mustsnoi), promouterlarga yoki uchinchi tomon loyihalari, brendlari va mahsulotlarini ilgari suruvchi shaxslarga. Biz voqealarni professional yoritishga e'tibor qaratishga intilamiz.

Biz barcha ishtirokchilarni og'ohlantirmoqdamizki, intellektual mulkning noqonuniy ishlatilishi bilan bog'liq buzishlar (firmaviy nomlar, tovar belgilari, mualliflik huquqi ob'ektlari) O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi bo'yicha javobgarlikka tortiladi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalaridan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi talab qilinadi. Bunday akkreditatsiyaning yo'qligi matbuot vakili sifatida ishtirok etishi taqiqlanadi, ammo siz Iteca Exhibitions tadbirlarida har doim "Tashrif buyuruvchi" sifatida qatnashishingiz mumkin. To'siqsiz ishtirok etishingiz uchun Tashqi ishlar vazirligi talablarini oldindan aniqlab olishingizni tavsiya qilamiz.

Barcha akkreditatsiyadan o'tgan jurnalistlar biznes dasturi tadbirlariga, shuningdek, Wi-Fi tarmog'iga kirish imkoniga ega.

Akkreditatsiyasiz tashrif buyurish

Akkreditatsiyadan o'tmagan ommaviy axborot vositalari vakillari ko'rgazmaning uchinchi kunida "Tashrif buyuruvchi" maqomi bilan "Tashrif qoidalarida" belgilangan tartibda taklif etiladi. Siz ko'rgazma bilan oddiy tashrif buyuruvchi sifatida tanishishingiz mumkin, lekin fotosuratlar/videolar, intervyu yoki publikatsiyualarni ovoza etish va akkreditatsiyalangan ommaviy axborot vositalarining boshqa huquqlariga ega bo'lmaysiz.

Ishtirokchi kompaniyalarning media-vakillari uchun suratga olish qoidalari

Ko'rgazmada suratga olishni olib borish uchun ishtirokchi kompaniyalar o'zlarining fotograflari, videotasvirchilari, mobilograflari va h.k. ishini pr@iteca.uz elektron pochtasi orqali PR menejeri bilan muvofiqlashtirishlari shart.

Arizada quyidagilarni ko'rsatish lozim:

  • ko'rgazma nomi
  • kompaniya nomi
  • media-vakillarning ism-shariflari ro'yxati
  • aloqa ma'lumotlari (telefon, elektron pochta)

Tasdiqlangandan so'ng mutaxassisingiz Tashkilotchilar ofisida kompaniya nomi ko'rsatilgan "Pressa" beydjini oladi va akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakili huquqlariga ega bo'ladi.

Akkreditatsiya qoidalariga rioya qilish hamma uchun qulay ish sharoitlarini ta'minlashga yordam beradi.

* belgilangan maydonlarni to’ldirilish shart